Joriy yilning 10 va 11 aprel kunlari Termiz shahrida O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun al-Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XV xalqaro kurash musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada 27 davlatdan yuzdan ziyod polvon va mehmonlar ishtirok etdi.

15-bor tashkil etilgan an'anaviy xalqaro musobaqada erkaklar oltita (-60 kg, -66 kg, -73 kg, -81 kg, -90 kg va +90 kg), ayollar esa beshta (-48 kg, -57 kg, -63 kg, -70 kg, +70 kg) vazn toifasida o‘zaro bellashdi.

Ayollar o‘rtasida +70 kilogramm vazndagi bellashuvlarda g‘oliblik Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidan bo‘lgan Pokizaxon Kamoliddinovaga nasib etdi va u oltin medal bilan mukofatlandi. Mazkur vazn toifasida ikkinchi o‘rin qozog‘istonlik Azman Amayevaga, uchinchi o‘rin esa yana bir o‘zbekistonlik hamyurtimiz Flyura Ergasheva va rossiyalik Guseyo  Vladiyenoga nasib etdi.

Ma'lumot uchun, Al-Hakim at-Termiziy xalqaro musobaqasining umumiy mukofot jamg‘armasi 100 min dollarni tashkil etib, har bir vazn toifasi g‘oliblariga 3 ming dollar, 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilarga 2 ming hamda ikkita 3-o‘rin sohiblariga ming dollar miqdorida pul mukofotlari topshiriladi.