Turli startaplar tashkilotchisi bo‘lgan Piter Vesterbaka «Rovio» kompaniyasida marketing direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Shuningdek, u «inEst Bay Area», «MobileMonday», «EduNation» kabi kompaniyalar asoschisi hisoblanadi.

Muzokarada Buxoro davlat universiteti hamda «EduNation» kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Unga ko‘ra, Buxoro davlat universitetida axborot texnologiyalari, turizm, biotexnologiyalar, raqamli iqtisodiyot va boshqa sohalarda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish, Finlandiya universitetlari hamda kompaniyalarida malaka oshirish va stajirovkalar o‘tashni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.










