Qayd etilishicha, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Akmal Jumaboyev Sergeli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

Akmal Jumaboyev 1987 yil Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan. Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan. Xalq deputatlari Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi deputati. 

U tashkilotning Toshkent shahar kengashi raisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.