«Ba'zi platforma kompaniyalari nostandart tarzda rivojlanmoqda va bu xavfli. Bo‘shliqlarni o‘z vaqtida to‘ldirish uchun platforma iqtisodiyotini tartibga soluvchi qonunlarni takomillashtirishni tezlashtirish kerak», deya yig‘ilish bayonnomasidan parcha keltirgan Xitoyning CCTV telekanali.
Internet-kompaniyalar ma'lumotlar xavfsizligini yaxshilashlari va ularning moliyaviy faoliyati nazorat qiluvchi organlar nazorati ostida bo‘lishi kerak, deb ta'kidlagan telekanal.
Xitoy rahbarining keskin sharhlari eng yirik va kuchli xususiy korporatsiyalarning ta'sirini cheklash bo‘yicha harakatlarni kuchaytiradi. Hukumat Alibaba boshlig‘i Jyek Maga nisbatan cheklovlar bilan to‘xtab qolmoqchi emas. Xitoy regulyatorlari Tencent Holdings moliyaviy korporatsiyasi rahbarlari Chjan Chjidun va Ma Xuatendan bank, sug‘urta va to‘lov xizmatlarini o‘z ichiga olgan moliyaviy xolding kompaniyasini yaratishni talab qilishi mumkin.
Ushbu yangilikdan keyin Tencent Holdings kapitallashuvi ikki kun ichida 65 milliard dollardan ko‘proqqa kamaygan.
Avvalroq, Xitoyning antimonopol kompaniyalari «Alibaba» kompaniyasiga rekord darajada 975 million dollar jarima tayinlashi mumkinligi ma'lum qilingandi. Bunga 2020 yil oxirida «Alibaba» rahbari Jyek Maning Xitoy moliya idoralari faoliyatini tanqid qilganligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.










