Isroil tashqi ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, Isroilga keluvchi reyslar soni kuniga 3 ming kishilik cheklov, ijtimoiy masofalashuv qoidalari va aeroportda test o‘tkazilishi hisobga olingan holda cheklanadi. Isroil sog‘liqni saqlash vazirligi “aholi sog‘lig‘iga xavf solishi mumkin bo‘lgan istalgan aviareysni bekor qilish” huquqiga ega bo‘ladi.
Ta'kidlanishicha, aviaaloqaning tiklanishi hozircha turistik parvozlarga ruxsat berilishini anglatmaydi.
Avvalroq Isroil koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e'lon qilgandi. Mamlakatda mart oxirigacha barcha katta yoshli aholini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirmoqda.










