Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratdagi baliq  Tinch, Atlantika va Hind okeanlarining issiq, o‘rtacha issiq va mo‘'tadil suvlarida, asosan tropik mintaqada va O‘rta Yer dengizi havzasida, shuningdek, Shimoli-Sharqiy Atlantikada - Islandiya suv havzalarida va Shimoliy dengizda 500-700 metr, ba'zan 1000 metr chuqurliklarda uchraydi. Uning uzunligi 3 metrgacha boradi. Iste'mol qiladigan ozuqa turiga ko‘ra, kamarbalig‘i yirtqich – planktofagadir: uning ozuqasida kichik plankton qisqichbaqasimonlar, mayda baliqlar va kalmarlar qayd etilgan. 

Seldlar bilan bitta to‘rga tushib qolishidan, bu baliqlarning seldlar bilan ham oziqlanishini ko‘rsatadi. Yelka suzgichining uzunlashgan tomonidan hosil bo‘lgan boshining ustidagi «toj» tufayli bu baliq «Seldlar qiroli» degan nomni ham olgan, deyiladi Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi xabarida.