Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, quyidagilar dastlabki identifikatsiyani bevosita amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari hisoblanadi:
- Ichki ishlar vazirligi;
- Bosh prokuratura;
- Davlat xavfsizlik xizmati;
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar;
- Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Dastlabki identifikatsiya suhbat shaklida amalga oshiriladi va uni o‘tkazish uchun shaxsdan rozilik olish talab etiladi.
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarning quyidagi huquqlardan foydalanishi ta'minlanadi:
- tibbiy yordam olish;
- psixologik yordam olish;
- huquqiy maslahat olish;
- vaqtincha yashash joyidan (boshpanadan) foydalanish;
- yaqin qarindoshlari bilan aloqa o‘rnatish;
- tarjimon xizmatlaridan tekin foydalanish.
Yakuniy identifikatsiya Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiya tomonidan kollegial tarzda amalga oshiriladi, deyiladi xabarda.











