Ushbu Nizom bilan barcha turdagi qurilish chiqindilari takroriy foydalanishga, utilizatsiya qilishga, qayta ishlashga yo‘naltirilishi kerakligi belgilandi.

Shuningdek, qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish xarajatlari loyiha-smeta hujjatlarida majburiy tartibda nazarda tutilishi va qurilish ishlari qiymatiga qo‘shilishi belgilandi.

Qurilish chiqindilarini vaqtincha saqlash ularning xavflilik sinfiga ko‘ra:

  • xavfsiz qurilish chiqindilari vaqtincha saqlash joylarining ochiq maydonchalarida;
  • xavfli qurilish chiqindilari majburiy tartibda konteynerlar, chiqindi qutilari va chiqindilarning fuqarolar sog‘lig‘i hamda atrof-muhitga zararli ta'siridan muhofaza qilishni ta'minlovchi boshqa idishlarda amalga oshiriladi.

Qaror 2021 yil 29 apreldan kuchga kiradi.