Xiva shahrining YuNeSKO ro‘yxatidagi Ichan-qal'a muzey-qo‘riqxonasida joylashgan saroy 1832–1838 yillarda qurilgan.


Dekabr oyi boshida saroyning sharqiy qismidagi devorning bir qismi buzilgan edi.
Muzey-qo‘riqxona ma'muriyati buni devorning yuqori qismi 20 santimetrgacha og‘gani va so‘nggi vaqtlarda jarayon tezlashgani bilan izohladi.
Restavratsiya Madaniy meros departamentidan beruxsat amalga oshirildi. Rekonstruksiya loyihasi ilmiy-ekspert kengashiga kiritilmagan.
Ayni paytda departament ta'mirlash-tiklash ishlarini o‘tkazish bo‘yicha buyurtmachi va pudratchi tashkilotni sudga bergan.











