IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Chust tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida, hodisa joyida mavjud videokuzatuv kamerasidan olingan videotasvirlarni ko‘zdan kechirish hamda olib borilgan boshqa bir qator tergov-tezkor tadbirlari natijasida, 16 yoshli Sh.Q. jinoyatni sodir etganligi aniqlangan hamda undan o‘g‘rilik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan narsalar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Jinoyat ishi bo‘yicha Sh.Q. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, himoya huquqi bilan ta'minlangan holda so‘roq qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.











