O‘zbekiston elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, A. A'zamxo‘jayev Bosh konsulxona rahbari sifatida Turkiya tashqi ishlar vazirligining konsullik ekzekvaturasini olgan.
Yangi bosh konsul 35 yoshda, Toshkent shahrida tug‘ilgan. U O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentida va Istanbulda konsul bo‘lib ishlagan.










