Ta'kidlanishicha, har bir ruhiy va jismoniy jabr ko‘rgan yaponiyaliklarga 500 ming iyenadan [4778 AQSh dollari yoki 49,5 million so‘m] pul to‘lanishi kutilmoqda.

Gap AQSh harbiy aviatsiyasi tomonidan 1945 yilda Tokioda amalga oshirilgan bombardimon haqida ketmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘shanda 100 mingdan ortiq inson halok bo‘lgan, millionlab odamlar uysiz qolgan. Ushbu voqea tarixda eng vayronkor hujumlardan biri sifatida qolgan.

Qonun loyihasi yaqin kunlarda qabul qilinishi kutilmoqda.