«Kovid bilan bo‘ladimi yoki usizmi, Olimpiada o‘tkaziladi. O‘yinlar kelasi yil 23 iyuldan start oladi», – dedi XOQ vitse-prezidenti – Tokio Olimpiadasini o‘tkazish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi raisi Jon Kouts.

«Bu – COVID-19 ustidan g‘alaba qozonganlar olimpiadasi, tunnel so‘ngidagi yorug‘lik bo‘ladi», – deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiadasi joriy yil 24 iyuldan 9 avgustgacha bo‘lib o‘tishi kerak edi. Turnir qoldirilgach, iyun oyida tashkiliy qo‘mita keyingi yil musobaqa soddalashtirilgan formatda o‘tkazilishini tasdiqladi. Bundan maqsad – xavfsizlikni ta'minlash, xarajatlarni iloji boricha qisqartirishdir.