Xalqaro tog‘ kinofestivali Ushuaia SHH doirasida bazadagi xodimlarga Antarktida haqida film namoyish qilingan.
“Antarktidagi yagona kinoteatr Karlini bazasida yana o‘z eshiklarini ochdi”, deb ma'lum qilgan Argentina madaniyat vazirligi.
Baza hududida avval ham kinoteatr mavjud bo‘lgan, biroq u 2018 yilda demontaj qilingan.

Baza rasman Argentina hududi hisoblangani sababli, ushbu kinoteatr ayni vaqtda nafaqat Antarktidada, balki Argentinada ishlayotgan yagona kinoteatr hisoblanadi, chunki mamlakatda koronavirus pandemiyasi sababli ko‘ngilochar maskanlar faoliyati vaqtincha taqiqlangan.











