Lionel Messi o‘yin davomida ikkita golga assistentlik qildi. Uning o‘yin yakunida jarimadan bergan zarbasi darvoza to‘siniga tegdi. Bu g‘alabadan keyin «Barselona»ning ochkolari soni 73taga yetdi va «Real» bilan farq yana 4 ochkogacha qisqardi.

La Liga. 34-tur

Vilyarreal – Barselona 1:4

Gollar: Jyerar Moreno (14) – Pau Torres (3, avtogol), Suares (20), Grizmann (45), Fati (86).
Vilyarreal: Asenxo, Alberto Moreno, Albiol, Mario Gaspar, Pau Torres, Kasorla (Trigeros, 56), Iborra (Soriano, 46), Zambo-Angissa, Chukvueze, Pako Alkaser (Bakka, 36; Nino, 70), Jyerar Moreno (Moyses Gomes, 46).
Barselona: ter Stegen, Semedu (Rakitich, 60), Pike (Arauxo, 82), Langle, Serxio Roberto, Vidal, Buskets (Breytueyt, 73), Alba, Messi, Grizmann (Fati, 72), Suares (Puch, 60).
Ogohlantirishlar: Pau Torres (17).