Boltiq davlatlari 15 maydan aholining qo‘shni davlatlar orasida erkin harakatlanishi uchun ichki chegaralarini ochadi. Bu haqda Latviya bosh vaziri Krishyanis Karinsh ma'lum qildi.
"Estoniya bosh vaziri Yuri Ratas va Litva bosh vaziri Saulyus Skvernyalis bilan videomuloqot chog‘ida 15 maydan ichki chegaralarni ochish va Boltiq mamlakatlari aholisining erkin harakatlanishiga kelishib oldik", - deb yozdi u Twitter sahifasida.
Litva bosh vaziri Skvernyalisning fikricha, Boltiq mamlakatlari koronavirus tarqalishiga qarshi samarali kurasha oldi.
"Biz mamlakatlarimiz sog‘liqni saqlash tizimlariga ishonamiz", - deb yozdi u Facebook sahifasida.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Boltiq mamlakatlarida koronavirusga chalinganlar soni 3 mingdan ortiq bo‘lib, 120 kishi vafot etgan.












