Pens koronavirus pandemiyasi vaqtida tavsiya qilingan matoli niqobdan foydalanishni boshlagan. Bundan NBC telekompaniyasi e'lon qilgan video darak bermoqda.

Pens 30 aprelda General Motors va Ventec Life Systems kompaniyalarining Indiana shtatida joylashgan, o‘pkani sun'iy ventilyatsiya qilish qurilmalarini tayyorlovchi qo‘shma korxonasiga tashrif buyurgan. Vitse-prezident va barcha kishilar himoya niqoblarida bo‘lgan. 

O‘tgan hafta Pens Minnesota shtatidagi klinikaga tashrifi vaqtida niqobsiz bo‘lgan. Jurnalistlar bilan suhbatda u niqobi yo‘qligini koronavirusga chalinmagani bilan tushuntirgan.

Shundan keyin AQShning yetakchi OAVlari Pensni yomon o‘rnak ko‘rsatishda ayblashgan.