Bu haqda Europa Press nashri xabar berdi

Barselonada yashovchi Viktor ismli bola o‘z navbati kelguncha kuniga 18 soat davomida parenteral ovqatlanishni ta'minlovchi qurilmaga ulab qo‘yilgan. 

Bolaga oshqozon, jigar, 12 barmoqli ichak, ingichka ichak hamda qisman yo‘g‘on ichak va oshqozonosti bezini ko‘chirib o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan. Jarrohlik amaliyoti Madriddagi Hospital La Paz klinikasida fevral oxirida o‘tkazilgan.

Bolaning onasi homiladorligining 27-haftasida o‘g‘lida gastroshizis nuqsoni borligidan xabar topgan. Bu old qorin devori nuqsoni bo‘lib, unda ichak va boshqa a'zolar teridan tashqariga chiqib qoladi. 

Bola a'zolar ko‘chirib o‘tkazilgandan 2 oy o‘tib shifoxonadan chiqarilgan. U hozir uyida tiklanmoqda.