«Kechadan boshlab O‘zbekiston hududida yuk avtomobillariga bo‘lgan cheklovlar to‘liq olib tashlandi. Endi 1-2 kunda tadbirkorlarimiz ko‘plab murojaatlar bilan chiqishyaptiki, ularning mashinasi shaxsiy. Shaxsiy mashinalarga esa ruxsat yo‘q, faqat tashkilot avtomobillariga stiker berilmoqda.
Shu nuqtayi nazardan, hozir bu bo‘yicha ham 1-2 kun ichida Bosh vazirimiz rahbarliklaridagi komissiyaning qarori chiqadi, buni ham yengillashtiramiz», dedi Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov.
Bundan avvalroq prezident Ichki ishlar vazirligiga qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq avtotransport vositalarining erkin harakatlanishiga ruxsat berish borasida ham topshiriq bergani haqida xabar qilingandi.












