Efirning shu qismiga CNN telekanali e'tibor qaratgan.
Ta'kidlanishicha, sportchi Luiziana shtatiga koronavirus pandemiyasi va uning oqibatlarini yengishda odamlarga yordam tariqasida 5 mln dollar xayriya qilgan.
Teleboshlovchi sportchiga bu saxiyligi uchun minnatdorlik bildirib, uning xayr-ehsoni boshqa odamlarni ham shunday yo‘l tutishga undashini aytgan. “Dryu, biz seni yaxshi ko‘ramiz!”, deb aytgan teleboshlovchi va shundan keyin yoshlarini tiya olmagan hamda tomoshabinlardan bu uchun uzr so‘ragan.












