U o‘z nutqida aviatsiyani rivojlantirish oldida turgan vazifalarga to‘xtalib, aviatsiya tarmog‘i raqamli texnologiyalarsiz rivojlana olmasligini ta'kidladi.
«O‘zbekistonga uchib keladigan aviakompaniyalar sonini oshirish ustida ishlayapmiz. Shu maqsadda respublikadagi aeroportlarning jozibadorligini oshirish uchun barcha hududiy aeroportlarda aeroport asosiy yig‘imlarini kamida 20 foizga pasaytirish bo‘yicha qaror qabul qilingan», deya uning so‘zlarini keltirmoqda muxbiri.
Vazir har bir alohida aviakompaniya bilan differensiatsiyalash yondashuvi asosida muzokaralar olib borilishi maqsadga muvofiq bo‘lishini qo‘shimcha qildi.











