Uchrashuvning 33-daqiqasida Messining zargarona to‘p oshirishidan keyin Grizmann hisobni ochgan bo‘lsa, 39-daqiqada Serji Roberto o‘zi boshlagan hujumni o‘z goli bilan yakunladi.

Ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasida esa zaxiradan maydonga tushgan mehmonlar vakili Anxel Rodriges ajoyib zarbasi bilan hisobni qisqartirgan bo‘lsa-da, bu gol jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi – 2:1.

«Barselona» ushbu g‘alabadan keyin turnir jadvalida ochkolar sonini 52taga yetkazib, 1-o‘rindagi «Real»ga yetib oldi. Madrid jamoasi o‘z o‘yinini yakshanba kuni «Selta»ga qarshi o‘tkazadi.

La Liga. 24-tur. 15 fevral 
Barselona – Xetafe 2:1
Gollar:
 1:0 – 33 Grizmann, 2:0 – 39 Serji Roberto, 2:1 – 66 Anxel Rodriges. 
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Umtiti, Pike, Alba (Firpo, 22), Buskets, Artur (Rakitich, 75), de Yong, Fati (Vidal, 85), Grizmann, Messi.
Xetafe – Soriya, Echeyta, Jyene, Nom, Kukurelya, Maksimovich, Arambarri, Etebo (Ndiayye, 67), Olivera (Kenedi, 52), Mata, Molina (Anxel Rodriges, 52).

Ogohlantirishlar: Umtiti (49), Mata (73), Fati (85).