Ta'kidlanishicha, yomg‘ir yong‘inlardan qolgan kulni Makley daryosiga yuvib tushirishi baliqlarning nobud bo‘lishiga olib kelgan.

Ekologlarning aytishicha, baliqlarning bunday ko‘p miqdorda nobud bo‘lishi oqibati bir necha o‘n yillar davomida sezilishi mumkin.

Kulning suvga tushishi bakteriyalar ko‘payishiga olib kelgan. Ular esa suvdan kislorodni chiqarishi natijasida baliqlar kislorod yetishmasligidan nobud bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, bunday holatni Avstraliya sharqiy sohilidagi barcha daryolarda kuzatish mumkin. 

Avstraliyada oktyabrdan beri davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari bir milliarddan ko‘proq jonzotning nobud bo‘lishiga, millionlab gektar o‘rmonning yonib kul bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. 16 yanvarda “yashil qit'ada” qurg‘oqchil ob-havodan keyin kuchli yomg‘irlar boshlanib, yong‘inlarni o‘chirishda yordam bergan.