Postda.uz’ning xabar berishicha, u bir kun avval yotoqxonasidagi sandiq ichidan 7 ming AQSh dollarini noma'lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilganligini ma'lum qilgan.

Olib borilgan tezkor sa'y-harakatlar natijasida ushbu jinoyatni arizachining birga yashovchi kelini sodir etganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar olib borilmoqda.