Avstraliyaning sharqiy sohillarida 2019 yilning oktabr oyidan beri katta ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Yong‘inlar natijasida 8 mln gektardan ortiq o‘rmonzor, 3 mingga yaqin turarjoy va 4 mingdan ortiq ma'muriy va xo‘jalik binosi yonib kul bo‘lgan. Yong‘inlar oqibatida 25 kishi, jumladan 4 o‘t o‘chiruvchi halok bo‘lgan, 1 mlrddan ko‘proq jonzot nobud bo‘lgan.
Yong‘inlardan ko‘rilgan iqtisodiy zarar 3,1 mlrd dollarga baholanmoqda.
Avvalroq Avstraliya hukumati o‘rmon yong‘inlari vaqtida ko‘p miqdorda suv ichayotgan minglab tuyalarni o‘ldirishga qaror qilgani ma'lum qilingandi.











