Reytingda 2014 yilgi jahon chempionatining Braziliya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi yarimfinal o‘yini yetakchilik qilmoqda. Ushbu o‘yin jahon chempionatini qabul qilgan Braziliyaning 1:7 hisobidagi yirik mag‘lubiyati bilan yakunlangandi. O‘sha o‘yindan keyin pentakampeonlar alamdan yig‘lashgan edi.
2-o‘ringa Angliya chempionatining 2011/12 yillardagi mavsumida «Manchester Siti» va «KPR» klublari o‘rtasida kechgan uchrashuv qo‘yilgan. O‘sha o‘yin «shaharliklar»ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Mavsumning oxirgi turida qo‘lga kiritilgan shu g‘alaba evaziga «Siti» 44 yil ichidagi ilk chempionlikni qo‘lga kiritgandi. E'tiborlisi, «shaharliklar» ikkita g‘alaba golini qo‘shimcha vaqtlarda urishgan.
3-o‘ringa «Real»ning «Barselona»dan 0:5 hisobidagi mag‘lubiyati bilan tugagan uchrashuv qo‘yildi.
Quyida o‘n yillikning eng yaxshi o‘nta o‘yini keltirilgan:
1. Braziliya — Germaniya 1:7 — 2014 yil 8 iyul
2. «Manchester Siti» — «KPR» 3:2 — 2012 yil 13 may
3. «Barselona» — «Real» 5:0 — 2010 yil 29 noyabr
4. «Barselona» — «PSJ» 6:1 — 2017 yil 8 mart
5. «Real» — «Barselona» 2:3 — 2017 yil 23 aprel
6. «Liverpul» — «Borussiya» D 4:3 — 2016 yil 14 aprel
7. «Barselona» — «Chelsi» 2:2 — 2012 yil 24 aprel
8. «Barselona» — «Inter» 1:0 — 2010 yil 28 aprel
9. «Nyukasl» — «Arsenal» 4:4 — 2011 yil 5 fevral
10. «Chelsi» — «Tottenhem» 2:2 — 2016 yil 2 may.










