O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, natijada piyoda F.R., turli darajadagi tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotganida yo‘lda vafot etgan, Z.R., esa og‘ir tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.











