«Rospotrebnadzor»ning Orenburg oblasti bo‘yicha boshqarmasi hamda Orenburg oblastidagi gigiyena va epidemiologiya federal markazi mutaxassislari tomonidan epidemiologik tekshiruv o‘tkazilmoqda va qizamiqning keyingi tarqalishining oldini olish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bildirilishicha, qizamiq bilan kasallanish xavfi juda yuqori, virus havo-nafas organlari orqali o‘tishi va atrof-muhitda juda barqaror ekani tufayli deyarli barcha emlanmagan va kasal bo‘lmagan odamlar bemor bilan aloqa qilganda kasallanishadi.

Qizamiqdan himoyalanishning yagona usuli emlash ekani aytiladi.