E'tiborlisi, muxlislar talqiniga ko‘ra “yil o‘yinchisi” sifatida shveysariyalik Rojyer Federer e'tirof etilgan.
Shuningdek, boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar ham e'lon qilingan:
Eng yaxshi juftlik: Xuan Sebastyan Kabal va Robert Fara.
Yil qaytishi: Endi Marrey.
Yilning eng taraqqiy etgan o‘yinchisi: Matteo Berrettini.
Yilning eng yaxshi yangi o‘yinchisi: Yannik Sinner.
Sportcha xatti-harakat va halol o‘yin uchun Stefan Edberg mukofoti: Rafael Nadal.
Yil murabbiyi: Jil Servara (Daniil Medvedev murabbiyi).
Yil turnirlari: Doha (ATP 250), Akapulko (ATP 500), Indian-Uells (ATP 1000).
ATP’ning keyingi mavsumi 6 yanvarda Avstraliyaning Brisbenida ATP kubogi va Dohada ATP 250 Qatar Open seriyasiga kiruvchi musobaqa bilan boshlanadi.











