Hozirda ”Andijonneft” AJ tomonidan “Chaqar” maydonidagi ushbu yangi burg‘ulangan 2-sonli gaz qudug‘ini ishga tushirish uchun quvurlar o‘rnatilmoqda. Quvurlashtirish ishlari yakunlangach, Buloqboshi tumanidagi yana qo‘shimcha 5 mingta xonadon tabiiy gaz bilan ta'minlanishi ko‘zda tutilgan. 

Quduqdan gaz qazib olish hajmi kunlik 200 ming metr kubni tashkil etadi.

Hozirgi kunda "Uchtepa neft va gaz koni"dagi 13-sonli quduqda ham burg‘ulash ishlari davom ettirilmoqda.

Ma'lumot berilishicha, avvalroq Uchtepa qishlog‘ida joylashgan “Uchtepa neft va gaz koni”ning 12-sonli gaz qudug‘idan sanoat miqyosida gaz olingani natijasida tumanning 5 mingta xonadoni tabiiy gaz bilan ta'minlangan.