Tomonlar moliyaviy kelishuv shartlarini ma'lum qilmadi, ammo kelishuvga ko‘ra GM-AVTOVAZ ma'lum bir vaqt davomida Chevrolet brendi ostidagi Niva avtomobillarini chiqarish va sotishda davom etadi. Ushbu muddat tugagach, avtomobillar Lada brendi ostida chiqa boshlaydi.

AvtoVAZning o‘z ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya Rossiyaning yengil va tijorat avtomobillari bozorining 21 foizini egallagan. 2018 yil yakunlariga ko‘ra, kompaniya bir necha yildan buyon ilk marta 5,86 mlrd rubl sof daromad olib, foyda bilan chiqdi.