Ma'lumotga ko‘ra, Pens Bag‘dod g‘arbidagi Ayn al-Asad harbiy bazasidagi AQSh harbiylari bilan uchrashadi.

O‘z navbatida Reuters agentligi AQSh vitse-prezidenti tashrif davomida Iroq hukumati rahbari bilan uchrashishini xabar qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 2018 yil 26 dekabrda Iroqqa e'lon qilinmagan tashrif bilan kelgan va u yerdagi AQSh harbiylari bilan uchrashgandi.