Og‘ir vazn toifasida jahonning sobiq mutlaq chempioni hozir 53 yoshda. Uning hazil yo‘sinda ma'lum qilishicha, ringga qaytishi mumkin. Tayson tegishli videoni tvitterdagi o‘z sahifasida e'lon qildi.

«Ringga qaytishni mo‘ljallayotganim yo‘q, lekin buni qilishim mumkin. Faqat menga oldindan to‘lang. Jangchilarning yangi avlodi bilan muloqotda bo‘lishni xush ko‘raman», - deya videoga izoh qoldirgan Tayson.

Eslatib o‘tamiz, Tayson profi-boksda 58ta jang o‘tkazib, ularning 50tasida g‘alaba qozongan. Uning hisobida 44ta nokaut bor.