"Gusman shaxsan 1 mln dollar bergan", - dedi u Honduras prezidentining ukasi Xuan Antonio Ernandes ishi bo‘yicha Manxettenda o‘tayotgan sud majlisida. 

Xuan Antonio Ernandes o‘tgan yil noyabrda AQShda noqonuniy giyohvand moddalar savdosiga aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olingandi.

Honduras prezidenti bu ayblovni rad etdi.

"Ayblovlar 100 foiz yolg‘on, bema'ni va kulgili", - deb yozdi Ernandes o‘zining Twitter sahifasida.

Avgustda Honduras OAVda mamlakat prezidenti o‘zining 2013 yilgi saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirish uchun narkomafiyadan mablag‘ olgani haqida xabarlar chop etilgan, natijada prezidentga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tgandi.