Uyushmaning asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilandi:

mahalliy eksportchilarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

respublikada eksport uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yagona elektron savdo platformasini yaratish;

chet el investorlarini jalb qilgan holda mamlakat eksport salohiyatini oshirish;

yagona ichki va tashqi bozor marketing tadqiqot ma'lumotlar bazasini yaratish;

ilg‘or eksport qiluvchi mamlakatlarning tajribasini mamlakat eksportini rivojlantirishga ilmiy yondashgan holda tatbiq qilish;
 
«O‘zbekiston eksportchilari» Uyushmasi boshqaruv raisligiga «Qandolatchilikni rivojlantirish» Uyushmasi Boshqaruv Raisi lavozimida faoliyat olib borayotgan Muxtor Mansurxo‘jayevich Umarov saylandi

Uyushma manzili: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish ko‘chasi, 8-uy.