Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu taklif avgust o‘rtalarida Kim Chen Indan Trampga berilgan maktubda bildirilgan.  

Avvalroq Tramp joriy yil oxirigacha Shimoliy Koreya yetakchisi bilan yangi uchrashuv o‘tkazishi mumkinligini aytgandi.

Ikki davlat yetakchilari uch marta: Singapur va Xanoyda hamda Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi qurolsizlashtirilgan hududda uchrashishgan.