"O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga muvofiq adliya maslahatchisi Abdurahmonov Muzaffar Mamurovich O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan Farg‘ona viloyati prokurori etib 5 yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay'ati raisi etib tasdiqlandi", deyiladi O‘zbekiston bosh prokuraturasi saytida.
Bungacha Abdurahmonov Muzaffar Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. U biroz oldinroq, Farg‘ona viloyatining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Bahodir Po‘latovning o‘rnini egalladi.





