FVV xabariga ko‘ra, tosh tushirish tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmatining monitoringlari natijalariga ko‘ra amalga oshirilmoqda.
Ushbu tadbirlarga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, «Qamchiqavtoyo‘l» Ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi, hamda Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmatining kuch va vositalari jalb etilgan.










