Ushbu kun dasturida -52 kilogramm vazn toifasida Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov saralash bosqichi doirasida turkmanistonlik raqibiga qarshi ringga ko‘tarilsa, -63 kilogramm vazn toifasida Elnur Abduraimov Jazoir vakili bilan hisob-kitob qiladi.
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Ixlas Gulijanov (Turkmaniston) (A ring, taxminiy boshlanish vaqti – 16:00)
-63 kg: Elnur Abduraimov – Reda Benbaziz (Jazoir) (B ring, taxminiy boshlanish vaqti – 17:00).
Eslatib o‘tamiz, bungacha -75 kilogramm vazn vazn toifasida Fanat Qahramonov hamda -81 kilogramm vazn toifasida Dilshodbek Ro‘zmetov mo‘g‘ulistonlik raqiblarini mag‘lub etib, birinchi bosqichdan o‘tishgan edi.











