Ikkinchi bo‘limda ustunligini mustahkamlagan «Liverpul» yana ikkita gol urdi. Muhammad Saloh bitta penaltidan, bitta o‘yindan chiroyli gol urdi. Lukas Torreyraning yagona goli «Arsenal»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi.

APL. 3-tur
Liverpul – Arsenal 3:1

Gollar: Matip (41), 2:0 Saloh (49, penalti, 58) – Torreyra (85).
Liverpul: Adrian, van Deyk, Aleksander-Arnold, Roberson, Matip, Veynaldum (Milner, 69), Fabino, Xenderson, Mane (Oksleyd-Chemberlen, 77), Firmino (Lallana, 86), Saloh.
Arsenal: Leno, Monreal, David Luiz, Papastatopulos, Meytlend-Naylz, Genduzi (Mxitaryan, 86), Djaka, Sebalos (Torreyra, 61), Uillok (Lyakazett, 81), Pepe, Obameyang.