Mashg‘ulotlarning o‘ziga xos jihati poligonning joylashuvi (4500 metr balandlikda) va zirhli texnika harakatlarining kamikadze-dronlar to‘dasi bilan qo‘llab-quvvatlanishi bo‘lgan. Mashg‘ulotlarda eng yangi ZTZ-99A tanklari va modernizatsiyalangan ZBD-04A jangovar mashinalari qo‘llangan. 

Nishonlar sifatida 1950-yillarning hisobdan chiqarilgan Tip 59 tanklari qo‘llangan.

Hujum PLZ-07 artilleriya qurilmalarining o‘t ochishi bilan qo‘llab-quvvatlangan. Razvedkani dron olib borgan. 

Mashg‘ulotlarda yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimlari, jumladan BM-21 “Grad”ning Xitoy tomonidan takomillashtirilgan varianti ham qo‘llangan.