TIV xabariga ko‘ra, Rossiya Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlangan mazkur soha uchun standartlar (o‘rta maxsus ta'limni tugatganlik, amaliy ish tajribasi, tibbiy kitobcha) va Rossiya Federatsiyasida vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma yoki istiqomat uchun guvohnoma (vid na jitelstvo) mavjud bo‘lganda O‘zbekiston fuqarolari Xanti-Mansiysk avtonom okrugida «Oshpaz» kasbi bo‘yicha ishlashlari mumkin.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan oblasti, Sverdlovsk oblasti, Tyumen oblasti, Chelyabinsk oblasti, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.