Bu haqda yopiq sud majlisi yakunlariga ko‘ra jurnalistlarga Atamboyevning advokati Sergey Slesarev ma'lum qildi.
Sayyor sud majlisi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Atamboyev 8 avgustdan beri ushlab turilgan tergov izolyatorida bo‘lib o‘tgan.
Avvalroq Bishkek shahar sudi Atamboyevni 26 avgustgacha hibsda ushlab turishga qaror qilgandi. Shu tariqa sobiq prezident yana 2 oy panjara ortida o‘tkazadi.
Atamboyev 14 ta jinoiy ish bo‘yicha ayblanmoqda. Uning advokatining ta'kidlashicha, sobiq prezident tergov boshlangandan beri hali birorta savolga javob bermagan, chunki o‘ziga qarshi harakatlarni noqonuniy deb hisoblamoqda.











