Mazkur uchrashuvlar davomida davlat rahbari tomonidan bank tizimi oldiga qo‘yilayotgan ustuvor vazifalarning maqsadi, amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami, yaratilayotgan imkoniyatlar xususida batafsil tushuntirishlar berilmoqda.

Tadbirkorlik sub'yektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni joyida o‘rganish va bartaraf etish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ekanligini tadbirkorlar va fuqarolar o‘zlarining faoliyatida amaliy tarzda guvohi bo‘lmoqda.

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan sayyor uchrashuvlarda tadbirkorlar tomonidan yo‘llangan 34 ta murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ko‘tarilgan masalani mutasaddi rahbarlar ishtirokida hal etish choralari ko‘rildi.

Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, o‘rtaga tashlangan masalalardan 15 ta kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlarining loyihalari joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgan 19 ta qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlarni qisqa muddatlarda hal etish choralari ko‘rilib, mutasaddi rahbarlarga muddati belgilangan holda qat'iy vazifa va topshiriqlar berildi.

Jumladan, “Mikrokreditbank” ATB Farg‘ona viloyati mintaqaviy filiali mijozi “FORESTCOLOR” MChJ rahbari bilan suhbatda 400 ming AQSh dollari bank krediti bilan faoliyat boshlagan mazkur jamiyat matoni bo‘yash va gul bosish uskunalari sotib olish uchun qo‘shimcha 300 ming AQSh dollari miqdorida kreditga ehtiyoji borligini bildirgan.

“FORESTCOLOR” MChJ ga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasining 5 foiz kompensatsiya to‘lovi asosida qo‘shimcha ravishda kredit rasmiylashtirish hal etildi.

Reklama huquqi asosida