Olimlar 107 ming kishining sog‘lig‘i to‘g‘risida ma'lumotlardan foydalanilgan tajriba davomida shunday xulosaga kelishdi.
Ta'kidlanishicha, qadoqlangan sharbatlar va limonadlar inson salomatligiga katta zarar yetkazadi. Ichimliklar tarkibidagi shakarning katta miqdori, xususan, ko‘krak saratoni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, ular semizlik, diabet va yurak-qon tomir kasalliklariga olib kelishi ehtimolga yaqin. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, asosiy xavf gazlangan ichimliklarga qo‘shiladigan sun'iy moddalarga aloqadordir. Ular ichak mikrobiotasini o‘zgartiradi va glyukozani qabul qilmaslikning rivojlanishiga olib keladi.











