“Tashrif davomida Timur Ivanov Rossiya terma jamoasi a'zolari bilan uchrashadi, sportchilarning joylashish sharoitlari va Forish tog‘ poligoni infrastrukturasi bilan tanishadi”, - deyiladi xabarda.

“Harbiy-tibbiy estafeta” ilk bor xorijda, O‘zbekistonning Forish o‘quv bazasida o‘tkazilmoqda. Ishtirokchi harbiylar maxsus texnikani boshqarish, yaradorlarni jang maydonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan holda olib chiqib ketish, o‘q otish, to‘siqlardan o‘tish kabi musobaqalarda bellashadi.  

Bu yilgi estafetada 11 davlat (Ozarboyjon, Angola, Armaniston, Belarus, Vetnam, Zimbabve, Myanma, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston) qatnashmoqda, Venesuela qurolli kuchlari vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.