Ta'kidlanishicha, suv ostida surat oluvchi fotograf Jyeyk Uilton mahalliy aholi “Sepkil” deb ataydigan ushbu skat ortidan bir necha marotaba kuzatgan.

Jyeykning aytishicha, dengiz jonzoti uning yoniga kelib, ilgak kirib qolgan ko‘zini unga tutib turgan. Fotosuratchi skat uni tanigani va yordam berishni so‘rayotgani haqidagi fikrga kelgan. 

Bu voqeani qayiqdan kuzatib turgan dengiz biologi Monti Xollning ta'kidlashicha, skat Uilton ilgakni olib tashlash uchun suv ostiga bir necha marta sho‘ng‘igunicha qimirlamay turgan. Bunday urinishlardan biri pirovard natijada muvaffaqiyatli yakunlangan va ilgak skat ko‘zidan olib tashlangan. 

Nashrning yozishicha, agar ilgak olib tashlanmaganda skat yuqumli kasallik orttirib olishi, ko‘r bo‘lib qolishi yoki hattoki nobud bo‘lishi ham mumkin edi.