Loyihaga asosan:
bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimining boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga solish bo‘yicha yagona tizim;
ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoiy sud ishini yuritish bilan birga ma'muriy va fuqarolik ishlarida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishini ta'minlash;
bepul yuridik yordam olish huquqi kafolatlangan shaxslar toifalari hamda bunday yordamni ko‘rsatish shartlari;
bepul yuridik yordam turlari, shakllari va amalga oshirish usullari;
davlat hisobidan jalb qilingan advokatlarning faoliyati natijadorligi va sifatini baholash;
advokatlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, yuridik klinika va boshqa sub'yektlar tomonidan bepul ixtiyoriy yuridik yordam ko‘rsatish tartibi nazarda tutilmoqda.











