Viloyat gubernatori Rishar Muyyej Manges Mansaning ta'kidlashicha, shaxtada ishlar taqiqlanganiga qaramay noqonuniy konchilar tomonidan ish olib borilgan. 

Gubernator navbatdagi marta shaxtada noqonuniy ish olib borishni to‘xtatishga chaqirgan. 

O‘pirilgan shaxta Kamoto Copper Company (KCC) kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Kompaniya Lualabada mis va kobalt qazib olish bilan shug‘ullanadi. 2018 yil noyabrda kompaniya Kongodagi loyihasi doirasida uran aniqlangandan keyin kobalt eksportini va sotishni vaqtinchalik to‘xtatgan.