Manbaga ko‘ra, Buffon «Yuve»da Voysex Shchesniydan keyin ikkinchi raqamli darvozabon bo‘ladi.
Qayd etish kerak, 41 yoshli Jiji keyingi oydan boshlab erkin agentga aylanadi. U Turinni tark etganidan keyin bir yil davomida «PSJ»da o‘ynab, jami 25ta o‘yinda 25ta to‘p o‘tkazib yubordi. Bunga qadar esa 2001 yildan boshlab «Yuventus» darvozasini qo‘riqlab kelgan.











